15:00 / 11.02.2020
4 060

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs uni buzib tashlamasa nima bo‘ladi?

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs uni buzib tashlamasa nima bo‘ladi?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar haqida nimalarni bilish lozim? Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma’lumot berdi.

1. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat qanday imorat?
Quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi:
- qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida;
- imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan;
- arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan ko‘chmas mulk.

2. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat qanday aniqlanadi?
Quyidagilarni tekshirish orqali:
- tuman (shahar) hokimining tegishli qarori mavjudligi;
- uy-joy qurishi uchun tuman qurilish bo‘limi bilan kelishilgan loyihaning mavjudligi;
- shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilganligi.

3. Imoratning o‘zboshimchalik bilan qurilganligi aniqlanganda nima qilinadi?
Imoratni qurgan shaxs 15 kun muddat ichida uni buzib tashlashi shart.

4. O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs uni buzib tashlamasa nima bo‘ladi?
Tuman (shahar) hokimligi huzuridagi tegishli komissiya o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risida hokimning da’vo arizasini sudga kiritilishini ta’minlaydi.

5. Imoratni buzish kimning hisobidan amalga oshiriladi?
Imoratni qurgan shaxs hisobidan.

6. O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga qilingan sarf-xarajatlarni kim qoplaydi?
Bunday sarf-xarajatlar qoplanmaydi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Yerni egasiga qaytarish qay tartibda amalga oshiriladi?
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida:
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, fuqarolarga 2 230 000 so‘mdan 3 345 000 so‘mgacha , mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 so‘mdan 6 690 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs uni buzib tashlamasa nima bo‘ladi?