Foto: «Yandex»
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 14 fevral kuni olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 63932 nafar, dunyo bo‘yicha 64437 nafar fuqarolar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o‘sish 7.0 foizni (4099 nafarni) tashkil etdi. Kasallanganlarning 1381 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyodagi 25 ta davlatda 505 nafar fuqaroda qayd etildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida joriy yilning 14 fevral kunigacha 850 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi.
2020 yil 14 fevral kunigacha Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytgan 3679 nafar fuqarolarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 2972 nafarida kasallikning yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 707 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.
«Bo‘ston» sihatgohiga joylashtirilgan fuqarolar va ularga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi xodimlardan joriy yilning 14 fevral kuni ikkinchi marotaba laboratoriya tahlili uchun koronavirus infeksiyasiga jami 352 ta namuna olinib, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasiga yuborildi.
I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 13 fevral kuni xorijiy davlatlardan 37 ta samolyot qabul qilinib, 4582 nafar fuqarolar, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy sanitariya-epidemiologik xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 7 ta poyezdda jami 1623 nafar fuqarolar, Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 26919 nafar fuqarolar termometriyadan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, joriy yilning 14 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni olish hamda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Mamlakatimiz aholisi orasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.
Bu kasallikning Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi