Foto: EPA/Vostock-photo
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirishi oqibatida karantinga joylashtirilgan shaxslarning ayrim buyumlari vaqtincha olib qo‘yiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.
«Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi.
Bunda vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs infeksiya yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida o‘rganiladi.
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda o‘ziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlarni saqlash (qo‘riqlash) tegishli davolash muassasasi tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan birgalikda tashkillashtiriladi», deyiladi koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti