Rossiyadagi 53 nafar o‘zbekistonlik muhojirda koronavirus aniqlandi

1 daqiqa o'qish2.8K
Rossiyadagi 53 nafar o‘zbekistonlik muhojirda koronavirus aniqlandi
Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikaning Salavat tumanida joylashgan Maloyaz qishlog‘ida COVID-19 bilan kasallanish holatlari aniqlanganini tan oldi. Kasallik o‘chog‘i «Gorniy» issiqxona kompleksida ishlash uchun kelgan 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashtirilgan «Skazka» mehmonxonasida yuzaga kelgan, deb xabar beradi «Kommersant’».

«Gorniy» — Chelyabinskdagi «Churilovo» agroxoldingi tarkibiga kiruvchi Uraldagi eng yirik issiqxona kompleksi hisoblanadi. O‘zbekistonlik muhojirlar bu yerga ishlash uchun fevral oyida kelgan. Ishchilarni qabul qiluvchi tomon — Moskvaning «Standart plyus» kompaniyasi ularni «Skazka» mehmonxonasiga joylashtirgan. Mehmonxona Chelyabinsk viloyati chegarasi yaqinida joylashgan.

«Rospotrebnadzorning Boshqirdistondagi boshqarmasi O‘zbekistondan kelgan 68 nafar ishchining 53 nafarida COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Ularning besh nafari Mesyagutovodagi, uch nafari esa — Kiginskdagi kasalxonaga yotqizilgan. Qolgan 45 nafar bemorda kasallik yengil o‘tmoqda va ular mehmonxonada qolgan. Mehmonxonaning o‘zi karantinga olingan», — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonlik muhojirlarda kasallik belgilari dastlab 10 may kuni paydo bo‘la boshlagan. Ertasi kuni Rospotrebnadzor barcha ishchilarni tekshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 12 may kuni issiqxona xodimlari izolyatsiyaga yuborilgan: shu kunning o‘zida ikki kishida COVID-19 aniqlangan. Mehmonxona karantinga olingan, politsiya posti o‘rnatilgan. 15 may kuni Chelyabinsk viloyatiga poyezdda borib-kelgan «Skazka»dagi yana ikki ishchida koronavirus aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mehmonxonada 60 kishi izolyatsiyaga olingan. Kasallar bilan aloqada bo‘lgan 28 nafar respublika aholisi o‘z o‘zini izolyatsiyalashga yuborilgan. Ular orasida mehmonxona yaqinida joylashgan do‘konning 6 nafar xodimi ham bor. Hozirda bemorlar bilan aloqada bo‘lgan uch kishiga koronavirus tasdiqlangan, jumladan, do‘kon sotuvchisida ham.

«Gorniy» issiqxona kompleksida 550 kishi ishlaydi. «Agropark Ural» kompaniyasi rahbari Yevgeniy Baturinning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘zbekistonlik muhojirlar bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?