Koronavirusni 25 soniyada butunlay yo‘qotish mumkin

Koronavirusni 25 soniyada butunlay yo‘qotish mumkin
Foto: «iStock»
Boston universiteti yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasi olimlari (NIEDL) «Signify» kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini 25 soniyada yo‘q qilish usulini kashf etishdi.

Ta’kidlanishicha, maxsus chiroqning ultrabinafsha nurlari SARS-CoV-2 faolligini to‘xtatadi. Tajriba chog‘ida mutaxassislar virus bilan zararlangan materialni turli dozadagi ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berishgan. Bir kvadrat santimetrga 5 megajoul dozada ta’sir o‘tkazganda koronavirus tarqalishi olti soniyada 99 foizga kamayishi aniqlandi. Bir kvadrat santimetrga 22 megajoul doza ta’sirida esa virus 25 soniyada to‘liq yo‘q qilingan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar