
Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘zining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xizmatchisi tadbirkorga 1,4 millon AQSH dollari evaziga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Hokimlik vakili Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 25 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
ToshkentChilonzorPora OlishDavlat XizmatchisiTezkor TadbirJinoyat Kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar