“Meni yo‘q qilishga urinayotgan kanallar bor” — Ronaldu tanqidchilarga javob berdi

1 daqiqa o'qish152
“Meni yo‘q qilishga urinayotgan kanallar bor” — Ronaldu tanqidchilarga javob berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Krishtianu Ronaldu o‘ziga qarshi qaratilgan tanqidlarni bir necha yildan beri eshitib kelayotganini va ularga ko‘nikib qolganini bildirdi.
  • Futbolchi ayrim telekanallar va tanqidchilarning unga qarshi chiqishlarini miltiqdan otilgan o‘qqa qiyoslab, ularning o‘ziga ta’sir o‘tkaza olmasligini ta’kidladi.

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu o‘zini tanqid qilayotganlarga munosabat bildirib, bunday munosabatlarga ancha yillardan beri o‘rganib qolganini aytdi. Futbolchi ayrim telekanallar va tanqidchilarning unga qarshi chiqishlarini miltiqdan otilgan o‘qqa qiyosladi. Bu haqda 23 sentyabr kuni A Bola va boshqa sport nashrlari xabar berdi.

Ronaldu Portugaliya Futbol sammitida so‘zga chiqib, mamlakatda unga nisbatan iliq munosabatni his qilayotganini ta’kidlagan.

“Ayrim kanallar meni bir necha yildan beri hujum qilib, yo‘q qilishga urinayotganini tushunaman. Ammo ularning imkoniyati yo‘q. Buning uchun miltiq kerak, hatto shunda ham men o‘qdan qochib ketaman”, degan Ronaldu.

41 yoshli futbolchi tanqidlarga allaqachon ko‘nikib qolganini ham aytgan. Uning ta’kidlashicha, uni yoqtirmaydigan odamlarning fikri faoliyatiga jiddiy ta’sir qilmaydi.

Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, u stadionlarda portugaliyalik muxlislarning qo‘llab-quvvatlovini his qiladi va bu munosabat ayrim tanqidchilarning fikri tufayli o‘zgarmaydi.

Ronaldu 24 sentyabr kuni Uelsga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida Portugaliya safida maydonga tushdi. O‘yinda Joau Feliks gol urdi va Portugaliya 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ronalduning ikkinchi bo‘limda urgan goli esa ofsayd sabab bekor qilindi.

Ayni paytda Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib, milliy jamoa safida 146 ta gol urgan. U 2003 yildan buyon terma jamoa safida to‘p tepib kelmoqda. U 2016 yil Yevropa chempionatida, shuningdek, 2019 va 2025 yillarda Millatlar ligasida Portugaliya bilan chempion bo‘lgan.

Ronaldu hozirda faoliyatidagi 1000-gol chegarasiga ham yaqinlashib bormoqda. U 23 sentyabr holatiga ko‘ra klub va terma jamoa safida jami 979 ta gol urganini ma’lum qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?