11:50 / 10.07.2020
2 470

MIB Toshkentda fuqaroga mulkiy ziyon uchun 2,5 mlrd. so‘m undirib berdi

MIB Toshkentda fuqaroga mulkiy ziyon uchun 2,5 mlrd. so‘m undirib berdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining 24.06.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor tashkilotdan undiruvchi fuqaro T.Zakirov foydasiga 2 mlrd. 638 mln. 193 ming so‘m mulkiy ziyon undirish haqidagi ijro ishi Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga 05.08.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdor tashkilotga Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat ijrochisi O.Xamdamovning ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarori topshirilgan. Qarzdor tashkilotga nisbatan qonun talabi asosida ijro hujjatida ko‘rsatilgan pul mablag‘larini fuqaroga qaytarish yuzasidan xulosa tayyorlanib tegishli tashkilotga yuborilgan.

Undiruvchi fuqaroga joriy yilning 7 iyul kuni MIB Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 2 mlrd. 638 mln. 193 ming so‘m pul mablag‘lari bo‘lim depozit xisob raqamiga o‘tkazilib, fuqaro T.Zakirovning plastik kartasiga o‘tkazib berilgan va ijro hujjatining ijrosi amalda to‘liq ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkentda fuqaroga mulkiy ziyon uchun 2,5 mlrd. so‘m undirib berdi