Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus aniqlangan 76 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berdi.
«Joriy yilning 7 iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi 76 yoshli V.T. (ayol) va uning o‘g‘lida Covid-19 tasdiqlanganidan so‘ng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari bo‘lsa-da, shifoxonada statsionar holatda davolanish rad etilgan.
11 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashganligi sababli Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. U yerda unga Covid-19’ning og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 2-darajasi, yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiyaning 2-darajasi, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bu O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 59-o‘lim holati bo‘ldi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 34, Buxoro, Surxondaryo va Namanganda 4, Jizzax, Samarqand va Navoiyda 3tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi. Hozirga qadar faqat Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagina virus qurbonlari qayd etilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi