date
views 2 815

Toshkentda «Lasetti» katta tezlikda daraxtga urilib yonib ketdi

Toshkentda «Lasetti» katta tezlikda daraxtga urilib yonib ketdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 24 iyul kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Nukus ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan S.M. «Lasetti» rusumli transport vositasida A.Qodiriy ko‘chasidan A.Temur ko‘chasiga tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib ketayotganida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib daraxtga urilgan va transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Lasetti» katta tezlikda daraxtga urilib yonib ketdi