Koronavirus xona haroratidagi suvda bo‘lganida 24 soat ichida 90 foizga, 72 soatda 99,9 foizga o‘z kuchini yo‘qotadi.
RIA Novosti’ga ko‘ra, «Rospotrebnadzor» tomonidan koronavirusning suvda yashovchanligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, xlordan xoli bo‘lgan suvda va dengiz suvida virus ko‘paymaydi, ammo yashovchanligini saqlab qoladi. Virusning faolligi qancha davom etishi suvning haroratiga bog‘liq.
Suvni qaynatish undagi virusning to‘la yo‘qolishiga olib keladi, xlorlangan suvda esa virus yashovchanligini yo‘qotadi.
Avvalroq amerikalik olimlar virusning ultrabinafsha nurlariga ta’sirchanligini o‘rganishgan edi. Tadqiqotga ko‘ra, ultrabinafsha nurining 5 mj/sm² dozasida koronavirusning faolligi 6 soniyada 99 foizga qisqarishi, 22 mj/sm² dozada 25 soniyada uning to‘la yo‘qolishi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi