3 777
Respublika bosh patologoanatomi pnevmoniyadan o‘lim soni nega ko‘payib ketganini tushuntirdi
Bu haqda Tez News muxbirining Respublika Patologoanatomiya ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Rajabboy Isroilovdan olgan intervyusida ma’lum qilindi.
“Koronavirus boshlang‘ich davrida burunni kasallantirsa, keyin undan ko‘payib, nafas yo‘llaridan o‘pkaga tushishi mumkin. Lekin biz o‘pkadan tashxis ololmaymiz-ku, unaqa usulning o‘zi yo‘q. Virus o‘pkaga tushgandan keyin pnevmoniya kasalligini qo‘zg‘atyapti. Bu kasallikning hozirgi kunda ko‘payib ketishi, bir tomondan, koronavirusga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, virus ta’sirida o‘pka kasalliklarining avj olishi oqibatida pnevmoniya sabab vafot etganlar soni COVID-19 natijasida hayotdan ko‘z yumgan kishilardan ko‘payib ketdi. Shuning uchun ham o‘pka kasallanganda PSR testidan o‘tmaslik oqibatida pnevmoniyadan o‘lim soni ko‘paydi”, – deydi professor.
Koronavirusdan qancha kishi kasal bo‘lishi, ulardan nechtasi vafot etishi maxsus diagnostika yordamida tasdiqlanadi.
“PSR nomli qurilma bor, ya’ni u virusning antigenini aniqlaydi. Bundan tashqari, immunoferment tahlil ham mavjud. Mazkur usullar yordamida organizmda virus bor yo yo‘qligi tasdiqlaganidan keyin “koronavirus mavjud” degan tashxis qo‘yiladi va hisobotga olinadi. Ikkinchi tomondan, agar bemor laboratoriyaviy diagnostikadan o‘tmagan bo‘lsa, biz — patologoanatomlar tomonidan virus tasdiqlanganidan keyin hisobotga qo‘shiladi”, – deya ta’kidlaydi professor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi