2 959
Jizzaxda 3 yil oldin piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi aybiga iqror bo‘ldi (video)
2017 yilda Nexia mashinasida piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan fuqaro oradan uch yil o‘tib, o‘z qilmishiga iqror bo‘ldi. Bu haqda «Yoshlar» kanalining «Yangi davr» dasturida ma’lum qilindi.
2017 yilning dekabr oyida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia mashinasida G‘allaorol tumanida yashovchi tanishinikiga yo‘l olgan. Haydovchi G‘allaorol – Lalmikor yo‘lining 10-kilometriga yetganda piyodani urib yuborgan. O‘zining ma’lum qilishicha, tun qorong‘isida odam urib yuborganini dastlab bilmagan.
200 metrlar chamasi o‘tib ketib, yana ortga qaytgan va yerda yig‘lab yotgan kishini ko‘rgan. Qo‘rqib ketganidan birinchi yordam ko‘rsatish va kasalxonaga olib borish o‘rniga voqea joyidan qochib ketgan. G‘allaorol tumani Lalmikor mahallasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan erkak esa olgan tan jarohati tufayli vafot etgan.
Haydovchi aylanma yo‘llardan foydalanib, hodisa joyini tark etgan. Shu sababli u kameralarga tushmay qolgan. U tanish ustaga itni urib yuborganini aytib, mashinasini ta’mirlatib olgan.
G‘allaorol tumani IIB tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining tergov natijalariga ko‘ra, ushbu YTHni sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilmagani sababli jinoyat ishi 2017 yilning 29 dekabr sanasida harakatdan to‘xtatilgan. Oradan 3 yil o‘tib haydovchining o‘zi ichki ishlar organlariga kelib, o‘z aybini tan oldi.
«Menga hech kim tazyiq o‘tkazgani yo‘q, hech kim bosim o‘tkazgani yo‘q. Vijdonim qiynalganligi sababli o‘z aybimga iqror bo‘lib, ichki ishlar xodimlariga murojaat qildim. Faqat vijdonim juda qattiq qiynalyapti», − deydi haydovchi.
«Mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda, ya’ni jabrlanuvchiga nisbatan birinchi yordam ko‘rsatilmaganligi va voqea joyidan yashiringanligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», — dedi Jizzax viloyati IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?