Toshkentda Onix haydovchisi piyodani urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Onix rusumli avtomobil haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 22 oktyabr kuni soat 15:00 lar atrofida tumanning KXAY ko‘chasida yuz bergan. 2006 yilda tug‘ilgan H.Sh. boshqaruvidagi avtomobil piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida jabrlangan shaxsga voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyinchalik shifoxonaga olib ketilgan.
Ayni paytda hodisaning kelib chiqish sabablari va boshqa tafsilotlarini aniqlash maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘smir yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.































Izohlar 0
…