«Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan «Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat» loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga asosan, davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari belgilandi.
Shunga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joriy etilgan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti 2022 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
Mazkur tajriba-sinov doirasida:
- 2021 yil 1 apreldan Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’ektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi;
- ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;
- ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;
- ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlar tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi