14:13 / 23.12.2020
1 826

“Huquq bilimdonlari” aniqlandi

“Huquq bilimdonlari” aniqlandi
Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga bo‘lgan harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida muntazam ravishda turli tanlovlar va viktorinalar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 12 oktabr kuni start berilgan “Huquq bilimdonlari” tanlovining 2-bosqichi – onlayn test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori ball jamlagan 11 nafar ishtirokchi (10-o‘rinni egallagan ishtirokchi bilan bir xil natijani qayd etgan ishtirokchi ham) uchinchi – final bosqichiga yetib keldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovda oliy yuridik ma’lumotga ega shaxslar, yuridik sohada tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlari ishtirok etishi taqiqlangan.

Yakuniy bosqich joriy yilning 22 dekabr kuni soat 10:00 da boshlanib, ishtirokchilarning turli hududlardan ekanligini inobatga olgan holda “Zoom” onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblari Adliya vazirligi xodimlari, nufuzli huquqshunoslar, davlat va jamoat arboblari hamda jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan komissiya tomonidan aniqlandi.

“Huquq bilimdonlari” homiylar mablag‘lari hisobidan quyidagicha taqdirlanadi:
Otaboyev Abror Xamdamovich – 1-o‘rin – iPhone 12;
Sharipov Sherzod Shavkatovich – 2-o‘rin – noutbuk;
Jumanazarova Dilrabo Haqnazarovna – 3-o‘rin – elektr samokat.

Adliya vazirligi fuqarolarimizni jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishga, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qoladi. Zero, huquqni bilish – foydali.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Huquq bilimdonlari” aniqlandi