19:23 / 29.12.2020
3 418

Mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi

Mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi
Prezident mahalliy ijro organlari, vakillik idoralari hamda mahallaning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish lozimligini ta’kidladi.
«Mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, ya’ni hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlamoqda. Bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarur.

Islohotlarimiz natijalari, bo‘layotgan o‘zgarishlar va aholining kayfiyati avvalo mahallada seziladi. Shu ma’noda, «mahalla – yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz ko‘zgusi», desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Shuning uchun, barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natija qilishi shart va zarur.

Bundan buyon, mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idoralar va hokimliklar ishini baholashda bosh mezon bo‘ladi. Shuningdek, mahallaning nufuzini, uning resurs va imkoniyatlarini oshirish, xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha dastur ishlab chiqish zarur.

Joriy yilda, tumanlar budjetiga qo‘shimcha manbalarning kamida 10 foizini bevosita mahalladagi muammolarni hal etishga sarflash bo‘yicha ishlarni boshlab, bu maqsadlarga 70 milliard so‘m ajratildi.

Endi bu vakolatni yanada kengaytirib, tuman budjeti xarajatlarining 5 foizini ham ana shunday maqsadlarga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Buning natijasida, bu yangi eksperiment orqali birgina G‘ijduvon tumanida 8 milliard so‘m, yoki Farg‘ona shahrida 11 milliard so‘m mablag‘ aynan aholi dolzarb deb hisoblaydigan muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

Mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal qilish imkonini yaratishimiz kerak. Bunda, mahalla raisiga mahalliy kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish huquqini berish lozim. Bu orqali muammolarni tezkor hal qilishga erishish imkoniyati yaratiladi.

Mahallada ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni, davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Qonunchilik palatasi va Senat, Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021 yil 1 aprelga qadar mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqsin.

Ushbu hujjatlarda, hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari aniq belgilanishi lozim
», dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi