4 116
Andijonlik ota bir necha yildan beri voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotgani haqida video tarqaldi.
Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A. uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va «Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan», deb po‘pisa qilgan. Shundan so‘ng ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan.
Qizning onasi 2010 yilda vafot etgach otasi boshqa ayolga uylangan. Qiz bu haqida qo‘shnilari, o‘gay onasi, qarindosh-urug‘lariga ham aytgan. Biroq hech kim yordam bermagan, balki uni yolg‘onchilikda ayblashgan. O‘tgan yilning avgust oyida Abdumalik ismli profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.
Ta’kidlanishicha, ichki ishlar xodimi otaga og‘zaki ogohlantirish bergan, xolos. Keyinroq esa inspektor «Telefon yoki kameraga tasvirga tushirib ber, shundagina unga qarshi jinoiy ish ochaman», deb maslahat bergan.
Qizning aytishicha, ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisandlik qilmoqda. Qizig‘i, mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘rashmoqda.
Uyida muntazam haqoratlangan, zo‘rlangan o‘smir maktabga ham muntazam qatnay olmagan. O‘z joniga qasd qilishga bir necha bor uringan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘gay qiziga zulm o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Chirchiqda 10-sinf qizlari quyi sinfda o‘qiydigan qizni do‘pposladi

Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining «o‘g‘irlanishini» qanday tashkillashtirdi?

Fargʻonalik 14 yoshli homilador qizning taqdiri qanday kechdi?

Farg‘onada ona o‘z qizini jinsiy aloqaga majburlaganlikda gumon qilinmoqda

Toshkentda voyaga yetmagan qiz "zo‘rlab" ketilgani aniqlandi