Arxiv foto.
Bugun soat 11:42da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan. Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.
Qo‘shimcha ma’lumot kelib tushishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-resurslari orqali ma’lumotlar e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Gulistondagi portlash bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Uchtepa tumanida portlash sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor

Angrenda daryoga tushib ketgan otlar qutqarildi (foto)

«Yangi Angren» IESda yong‘in ro‘y berdi (video)

Farg‘ona viloyatida gaz sizib chiqishi natijasida portlash sodir bo‘ldi

Angren shahrida vahshiyona qotillik sodir etildi