Foto: Tergov departamenti
2021 yilning 21 yanvar kuni soat 11:30da Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida 36 yoshli D.K.ning Yuqori Chirchiq tumani T.G.Xvan mahallasida joylashgan yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan vaqtda 1 dona 100 litr va 1 dona 60 litr hajmdagi yelim idishlarda yashil rangli, o‘tkir hidli, ko‘rinishidan “nasha” giyohvandlik moddasi o‘simligiga o‘xshash bo‘lgan quritilgan holdagi o‘simlik tuplari borligi hamda shu yerdagi o‘choqda osilgan qozonda “nasha” giyohvandlik moddasiga o‘xshash bo‘lgan o‘simlik qovurilgan holatda saqlab kelinayotgani aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud kimyoviy ekspertizasi xulosasida D.K.ning uyidan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi va umumiy og‘irligi 13 899 grammni tashkil qilishi hamda qozondan olingan yog‘da qovurilgan “marixuana” giyohvandlik vositasining og‘irligi 270,14 gramm ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotishga suiqasd qilish) bilan ayblov e’lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti