
Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga, Beruniy tumani Davlat soliq inspeksiyasining qarzdor “Beruniy paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatidan soliq inspeksiyasi foydasiga 442 mln. 361,6 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor tashkilotga qaror nusxalari yuborilib, tanishtirilgan va ixtiyoriy bajarilishini ta’minlash uchun 15 kunlik muddat berilgan.
Shu bilan birga qarzdorning “Agrobank” filialidagi barcha hisob-raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomasi quyilgan va shu orqali undiruvchi soliq inspeksiyasi foydasiga belgilangan 442 mln. 361,6 ming so‘m to‘liq undirilgan.
Natijada, navbatdagi ijro hujjatining ijrosi amalda ta’minlanganligi bois mazkur ijro ishi tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar