22:28 / 16.02.2021
1 603

“Kobalt”dagi nayrang ish bermadi

“Kobalt”dagi nayrang ish bermadi
Tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida navbatdagi qing‘irlik fosh bo‘ldi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli yengil avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada fuqaro M.N.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 58,3 million so‘mlik tovarlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlangan holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kobalt”dagi nayrang ish bermadi