date
views 1 717

“GAI”ga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

“GAI”ga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Fuqaro A.Samandarov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) Samarqand viloyatida istiqomat qiladi, ikki nafar farzandning otasi, haydovchilik kasbining orqasidan oilasini boqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandida, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda yo‘l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlari bo‘lmaganda haydovchi tomonidan avtomashinani boshqarish taqiqlanishini belgilangan.

A.Samandarov “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasini boshqarish uchun tegishli jamiyat tomonidan bir oy amal qilish muddati bilan berilgan
yo‘l varaqasi va unga ilova qilingan kirim orderini amal qilish muddati o‘tganligini yashirib, ma’muriy javobgarlikdan qutulib qolishni maqsad qiladi va yo‘l varaqasini amal qilish muddatini 10 kun keyingi sana bilan o‘zgartirib, rasmiy hujjatni qalbakilashtiradi.

2021 yil 26 yanvar kuni A.Samandarov “Kamaz” rusumli yuk avtomashinaisni, “Yo‘l harakati qoidalari”ni buzgan holda Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida boshqarib kelayotgan vaqtida, uning sodir etgan qoidabuzarligi Navoiy viloyat IIB YHXB inspektori tomonidan aniqlanadi va u to‘xtatilib sodir etgan huquqbuzarligi uchun unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtiriladi. A.Samandarov ma’muriy jazodan qutulib qolish va avtomashinani jarima maydonchasidan olib chiqish maqsad qilib, IIB YHXB inspektoriga chora ko‘rmaslik evaziga 293000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berishni taklif qiladi.

Navoiy viloyat IIB YHXB inspektorining viloyat IIB boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisiga asosan, prokuratura va IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yil 27 yanvar kuni soat 03:30larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.Samandarov avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarish va o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga IIB YHXB xodimiga 293 000 so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Sud tomonidan sudlanuvchi A.Samandarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasining 1 va 3-qismi, 211-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topildi. Sudlanuvchi A.Samandarovga Jinoyat kodeksi 59-moddasi tartibida uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorida 17.840.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi va 293 000 so‘m pullar davlat foydasiga musodara qilindi.

Avazjon Ibodov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “GAI”ga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
-->