08:53 / 13.03.2021
2 055

Bir qator davlatlarda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatildi. O‘zbekiston bu vaksinadan foydalanadimi?

Bir qator davlatlarda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatildi. O‘zbekiston bu vaksinadan foydalanadimi?
Foto: AstraZeneca
O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinishi, vaksinaning dastlabki partiyasi 20 martga qadar keltirilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq qonda tromblar paydo bo‘lishi kuzatilgani sabab ushbu vaksina bilan emlash Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya va Bolgariyada to‘xtatilgani, Tailandda esa keyinga qoldirilgani ma’lum qilindi.

Ushbu holatlardan so‘ng ham vaksina O‘zbekistonga olib kelinadimi, degan savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrullo Mustafoyev javob berdi.

«Xabarlarni men ham o‘qidim. O‘ylab ko‘raylik, Daniya, Shvetsiya Yevropa davlatlari ichida eng rivojlangani. Ular ham shu vaksinadan foydalanyapti. Endi hozir to‘xtatib qo‘ydi. AstraZeneca hamma sinovlardan o‘tgan, JSST tomonidan tavsiya berilgan. Bizning olimlar ham uni tekshirgan. Vahimaga yoki xavotirga o‘rin yo‘q», — deydi Xayrullo Mustafoyev.

Shuningdek, professor qonida koronavirusga qarshi antitanachalar mavjud bo‘lgan odamlar emlanmagani ma’qulligini ta’kidladi.

«Antitanacha bo‘lsa, nima qilamiz yana emlab. Buni bamaslahat tibbiyot xodimlarimiz, olimlarimiz yana tavsiya beradi. Dastlabki jarayonda muhtoj aholini himoyalash kerak», — deydi tibbiyot fanlari doktori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir qator davlatlarda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatildi. O‘zbekiston bu vaksinadan foydalanadimi?