23:10 / 29.03.2021
1 744

Shumanoy tumanida 22 xodimlarning 148 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi

Shumanoy tumanida 22 xodimlarning 148 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 10.02.2021 yildagi sud buyruqlariga asosan, qarzdor Sho‘manoy tumani maktabgacha ta’lim bo‘limidan 22 nafar xodimining foydasiga 148 mln. 385,7 ming so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan ustama haqilari hamda davlat boji pulini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati, Majburiy ijro byurosi Sho‘manoy tumani bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 22 fevral kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab, tomonlar qaror bilan tanishtirilgan va sud buyrug‘ida belgilangan talablarni ijro qilish uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, ushbu berilgan muddat oralig‘ida talablar bajarilmaganligi sababli, qarzdor korxonaning barcha bank hisob-raqamlariga band solinib, balansidagi mol-mulklari tegishli tartibda xatlovga olingan.

Natijada, joriy yilning 1 mart kuni jami 155 mln. 418,5 ming so‘m belgilangan ish haqi va ustamalar bilan boji puli undirilib, tegishli tartibda undiruvchilarning plastik kartalariga to‘lig‘i bilan o‘tkazib berilgan hamda ijro hujjati amalda bajarilganligi bois tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shumanoy tumanida 22 xodimlarning 148 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berildi