08:00 / 04.04.2021
1 615

Qo‘qonda soxta dollar yasaganlar ushlandi

Qo‘qonda soxta dollar yasaganlar ushlandi
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 24.850 AQSH dollarni sotayotgan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi (qalbaki pullar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yil 31 mart kuni viloyat IIB JQB va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbirda, 42 yoshli Kozim A., 36 yoshli Shavkatbek A. va 48 yoshli Abduvoxid F.lar 24 850 AQSH dollar qiymatiga teng soxta pullarni shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga Qo‘qon shahrida joylashgan «Zamin» choyxonasida 10 000 AQSH dollarga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fuqarolar 24 850 AQSH dollar qiymatiga teng soxta pullarni poligrafik usulda nusxa ko‘chirib ko‘paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlaganliklari aniqlandi. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda soxta dollar yasaganlar ushlandi