Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi shaxsiy avtomobilida «Damas»ni quvib yuribdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Angren shahar IIO FMB YHXB xodimi Sh.Julanov Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Angren shahar, Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtda, «Damas» rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi YPX xodimining talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. YPX xodimi «Lasetti» rusumli avtomobilda bo‘ysunmay harakatlangan haydovchini kuzatib borgan. «Damas» haydovchisi harakati davomida boshqa YPX xodimlarining ham ishoralariga bo‘ysunmagan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida «Damas» avtomobili to‘xtatilgan. Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.K. me’yoriy hujjatlari yo‘qligini va shu sababli xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmaganligini ma’lum qilgan. Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Joriy yilning 16 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida holat o‘rganilib, fuqaro T.K. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi