Majruh qizga uylangan olim

2 daqiqa o'qish3.7K
Majruh qizga uylangan olim
Islom nikohni yomon ko‘rmaydi. Oila qurish Islomda juda savobli ish. Boshqa madaniyatdagi odam yoki Islom madaniyatini bilmaydigan inson buni tushunmaydi. Uylanishning savob ekanligiga dalillar bor. So‘z so‘zga ulanib, mavzudan chetlashib ketishdan, to‘g‘ri yo‘ldan adashib, manzilni topolmay qolaman deb qo‘rqayapman…

Oila qurish ham, tijorat ham savob. Shunday insonlar borki, savob uchun atayin uylangan. Shu kunlarda bo‘lib o‘tgan bir voqeani sizlarga aytib beray. Bir tanishim bor, uni yaxshi bilaman. Juda kibor, ishbilarmon, tartibli, pokiza, yaxshi bir podpolkovnik edi. U menga bir voqeani gapirib berganda hayron qolgan edim.

Otasi qo‘shnisining eshigini taqqillatib:
— Ziyoratingizga keldim, — deydi.
— Marhabo, marhabo ustoz! Qani, ichkariga kiring. Boshimizning tojisiz. Bizni juda xursand qildingiz, — deb to‘rga o‘tqazishibdi. Chunki u jiddiy, taniqli olim kishi bo‘lgan…

— Ustoz, qadam ranjida qilganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Biror xizmatingiz bormi? Bir og‘iz aytganingizda o‘zimiz borardik, sizni ovora qilmagan bo‘lardik. Qo‘lingizni, oyog‘ingizni o‘pardik. Ayting, nima xizmatingiz yoki istagingiz bor?
— Ha, Allohning amri, hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalam sunnatlariga muvofiq sizning qizingizga uylanmoq istagida edim, roziligingizni olmoqqa keldim», — deydilar.

Kutilmagan voqeadan qo‘shnisining boshidan bir chelak suv quyilganday bo‘libdi…
— Ustoz, mendan agar jonimni so‘rasangiz, jonimni ham beraman. Ammo qizim sizga loyiq emas! Qizimizning ikki oyog‘i shol, majruh. Biz — ota-onasi unga zo‘rg‘a qaraymiz. Siz ulug‘ olim bo‘lsangiz, sizga xizmat qiladigan jufti halol zarur! Qizimiz kasal bo‘lsa… — debdi.
Haligi olim kishi esa:
— Hammasidan xabarim bor, shu qizingizni menga berasiz — deb turib olibdi. Nochor qo‘shnisi rozi bo‘libdi va qizini unga beribdi. Shu qizdan haligi harbiy odam tug‘ilgan ekan.

Olim kishi: «Bu qiz nogiron bo‘lgani uchun unga hech kim uylanmaydi, chiroyli bo‘lganida hamma ketidan chopardi. Kel, men shu faqir, bechoraga uylanib, ko‘nglini ko‘taray, savob qozonay», — deb uylangan ekan…

Uylanish savob. Qo‘sha-qo‘sha savob olish uchun ham o‘sha qizga uylanibdi. Mana buni ulug‘lik, qahramonlik desa bo‘ladi! Bunday insonga tarixdan alohida bir sahifa ajratish kerak, menimcha! Amerikada bo‘lganda edi, bu hodisani katta reklama qilgan bo‘lur edilar.
Ha, uylanish ko‘ngil istagi, lekin savobdir…
«Islom va axloq» kitobidan
Manba: Azon.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?