Oltiariq tumanidagi “Oltiariq montaj spetsstroy servis” MCHJ qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanib davlatga 234 mln. so‘m soliq qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
26.01.2021 yilda Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yurituvi bo‘yicha qarzdor jamiyat mas’ullari bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan soliq qarzini to‘lashga umuman e’tibor qaratmagan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning bank hisob raqamida pul mablag‘i yo‘qligi va transport vositasi ham aniqlanmaganligi sababli jamiyatning boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida debitor haqdorligi mavjudligi aniqlangan.
Debitor haqdorlik hisobidan soliq qarzini undirishga kirishila boshlanganida, buni qarangki qarzdor jamiyat mas’ullari 234 mln. so‘m soliq to‘lovlarini naqd shaklda to‘lab ketishgan. Buning ustiga o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli 11 mln. so‘m ijro yig‘imi qo‘shimcha ravishda undirib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi