12:00 / 10.05.2021
2 710

Zakoti berilmaydigan mollarni bilasizmi?


Zakot berilmaydigan mollar quyidagilar:
1. Daryo va dengizdan chiqadigan dur, anbar, baliq, tog‘ konlaridan olinadigan olmos, yoqut, marjon va shunga o‘xshash zeb-ziynat toshlaridan zakot vojib bo‘lmaydi. Shuningdek, tilla va kumushdan boshqa platina kabi qimmatbaho konlardan ham zakot vojib bo‘lmaydi. Faqat ular tijorat uchun olinmagan bo‘lishi shart. Agar tijorat uchun saqlanayotgan bo‘lsa, zakot farz bo‘ladi.

2. Yashashga tayyorlab qo‘yilgan hovlilar, agar bir nechta bo‘lsa ham. Shuningdek, ishlatishga yoki ishlab chiqarishga tayyorlab qo‘yilgan asbob-uskunalar va jihozlar qancha ko‘p va qimmatli bo‘lsa ham zakot vojib bo‘lmaydi.

3. Turgan joyi ma’lum bo‘lmagan molga zakot berilmaydi.

4. Garovga qo‘yilgan molda, garovga qo‘yganga ham, garovga olganga ham zakot vojib bo‘lmaydi.

5. Tijoratni niyat qilmasdan pulni band qilish uchun olib qo‘yilgan barcha turdagi mollaridan zakot farz bo‘lmaydi. Lekin tilla, kumush va barcha pul birliklari va yilning ko‘proq qismida yaylovda boqiladigan chorva hayvonlaridan zakot beriladi. Egalik qilish uchun yoki tijorat uchun bo‘lsin farqi yo‘q. Chunki ular o‘suvchi mollardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zakoti berilmaydigan mollarni bilasizmi?