2 445
O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Bu haqda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotga tayanib, O‘zA xabar
O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Bu haqda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotga tayanib, O‘zA xabar berdi.
«Erta nikohlar, ularning sabab va oqibatlari to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning fikri» mavzusidagi tadqiqot o‘zbekistonliklarning mazkur voqelikka munosabati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish imkonini bergan. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 18 yosh – erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham qonun bilan belgilangan nikoh yoshi ekanidan xabardorligi o‘rtacha darajada ifodalangan.
O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Boshqacha aytganda, respondentlarning fikriga ko‘ra, yoshlarning nikohga kirish vaqtini kechiktirishlari ularga ma’lumot olish yoki kasb-hunar egallash, moddiy mustaqil bo‘lishga imkon beradi.
Telefon so‘rovi, umuman olganda, erta nikoh odatda erta yosh orqali aniqlanishi haqidagi to‘g‘ri tasavvurni aniqlab bergan. Ayni paytda respondentlarning 18 yosh ham qizlar, ham yigitlar tomonidan nikoh tuzilishi uchun erta yosh hisoblanishiga ishonchlari komil.
Respondentlarning fikriga ko‘ra, ayol uchun erta nikohga kirish va buning natijasida barvaqt homiladorlik va tug‘ish uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, qizlarga hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar va ta’lim olishni cheklaydi.
O‘tkazilgan so‘rov erta nikohlar sabablarini aniqlash imkonini bergan. Ular orasida:
- ota-onalarning o‘z farzandlari oilaviy hayotini tezroq yo‘lga qo‘yishga intilishi — 48,1 foiz;
- lozim darajadagi tarbiyaning mavjud emasligi va yoshlarning reproduktiv salomatlik masalalarida savodsizligi — 25,9 foiz;
- foydali nikoh hisobidan o‘zining moddiy ahvolini o‘nglash istagi — 22,5 foiz;
- rejalashtirilmagan homiladorlik 15,2 foiz va hokazolar bor.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar—mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"