Musulmon Yunusov: “Erkak o‘z vazifasini to‘liq bajarsa, ayol ko‘chaga chiqmaydi” (video)

Aktyor Musulmon Yunusov “Ayol qalbi” ko‘rsatuvida ayol va erkakning oiladagi o‘rni hamda vazifalari haqida fikr bildirdi. U erkak oiladagi mas’uliyatini to‘liq ado etsa, ayol ham o‘z vazifalarini bajarishga intilishini ta’kidladi.
“Erkak kishi o‘zining erkaklik vazifalarini hammasini qilib qo‘ysa, ayol uyalganidan o‘z vazifasini qiladi. Erkak kishi o‘z vazifasini to‘la-to‘kis qilmasa, ayol majbur bo‘ladi, ya’ni uni majbur qilamiz. O‘zidan o‘zi unday bo‘lmaydi”, — dedi aktyor.
Boshlovchi esa ayollarning ishlashi va oilani moddiy ta’minlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishiga ayrim hollarda erkaklarning xatolari sabab bo‘lishi mumkinligini so‘radi.
“Demak, ayollarimizning erkaklashib ketishida, 'o‘zim oilani boqaman' deyishida sharoit ham sabab bo‘ladi. Ya’ni erkaklardan xatolar o‘tadi, demoqchisiz-da?” — deya savol berdi boshlovchi.
Musulmon Yunusov esa bu fikrga qo‘shilmasligini bildirib, shaxsiy qarashlarini misol orqali tushuntirdi.
“Xatomas. Chunki, masalan, mening shaxsiy fikrim: erkaklik vazifasini qilsa, pul muammosi, uydagi ro‘zg‘orning hammasini qilib qo‘ysa, ayol yurmaydi-da. Ya’ni ko‘chaga chiqmaydi. Chunki kerak emas-da”, — dedi u.
Aktyorning mazkur fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Izohlarda ko‘pchilik uning qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Siz Musulmon Yunusovning fikriga qanchalik qo‘shilasiz? Sizningcha, ayol qanday holatlarda ishlashga majbur bo‘ladi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…