11:35 / 23.05.2021
4 677

«Mahallada duv-duv gap» ko‘rsatuvi yozib olinayotgan vaqtda studiyaga kutilmagan mehmon tashrif buyurdi (video)


«Sevimli» telekanalining «Mahallada duv-duv gap» ko‘rsatuvi suratga olinayotgan paytda studiyaga kutilmagan mehmon kirib qoldi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda.

Boshlovchilar va ko‘rsatuv ishtirokchilari muammoni muhokama qilayotganda studiyaga mushuk kelib qoladi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Tursunoy Alimova mushukni ko‘rib, miyig‘ida kulib qo‘yadi. Jonivor esa bemalol studiyada harakatlanib, hammaning e’tiborini o‘ziga qaratadi. Bir ozdan so‘ng telekanal xodimi kelib, uni quvmoqchi bo‘ladi. Mushuk esa uni quvishlaridan avval studiyani tark etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mahallada duv-duv gap» ko‘rsatuvi yozib olinayotgan vaqtda studiyaga kutilmagan mehmon tashrif buyurdi (video)