21:38 / 01.06.2021
2 445

Ota e’tibori bolalar uchun bayramga sovg‘a bo‘ldi


Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu esa samara bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2020 yil 16 martdagi ijro hujjatiga asosan Z.B.dan undiruvchi M.M.ning foydasiga 2 nafar farzandlari uchun aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota xalqaro bolalarni himoya qilish kunida joriy yilning 1 iyun holatiga yuzaga kelgan 31,5 mln so‘m qarzdorlikni to‘lab berdi.

Bundan tashqari davlat ijrochisi tomonidan har oyda aliment mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lab borish lozimligi tushuntirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota e’tibori bolalar uchun bayramga sovg‘a bo‘ldi