10:33 / 20.06.2021
2 352

Angrenda 10 tonna spirt mahsuloti noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi


Toshkent viloyati Angren shahrida katta miqdordagi spirt mahsuloti noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Angren shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «S.» MCHJ rahbari D.I. va fuqaro A.S. oldindan til biriktirib, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 tonna spirt mahsulotini har bir litrini 28 ming so‘mdan hisoblab, fuqaro O‘.ga 280 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda 10 tonna spirt mahsuloti noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi