08:50 / 22.07.2021
3 504

Internetda tarqalgan video sabab Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi shifoxonaning shart-sharoiti sanitariya talablariga javob bermasligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatni o‘rganib chiqqan viloyat prokuraturasi tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.


Ta’kidlanishicha, viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev topshirig‘iga ko‘ra, viloyat prokurori o‘rinbosari Alisher Mirzayev rahbarligidagi ishchi guruh videodagi holatni o‘rganib chiqqan.

«O‘rganish natijalariga ko‘ra, Shahrisabz tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasining oshxona va omborxona qismlarida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, tayyorlanishi, bino ahvoli sanitariya talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi tomonidan shifoxona bosh shifokori B.Sanayev, ombor mudiri J.Rahmatov, oshxona bekasi L.Badiyevalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53-moddasi (sanitariya qonunchiligini buzish) bilan javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbarlariga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» «g» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, jinoyat ishi doirasida, yuqumli kasalliklar shifoxonasida amalga oshirilgan qurilish ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetda tarqalgan video sabab Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi