3 508
Internetda tarqalgan video sabab Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi shifoxonaning shart-sharoiti sanitariya talablariga javob bermasligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatni o‘rganib chiqqan viloyat prokuraturasi tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev topshirig‘iga ko‘ra, viloyat prokurori o‘rinbosari Alisher Mirzayev rahbarligidagi ishchi guruh videodagi holatni o‘rganib chiqqan.
«O‘rganish natijalariga ko‘ra, Shahrisabz tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasining oshxona va omborxona qismlarida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, tayyorlanishi, bino ahvoli sanitariya talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi tomonidan shifoxona bosh shifokori B.Sanayev, ombor mudiri J.Rahmatov, oshxona bekasi L.Badiyevalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 53-moddasi (sanitariya qonunchiligini buzish) bilan javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbarlariga nisbatan jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» «g» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, jinoyat ishi doirasida, yuqumli kasalliklar shifoxonasida amalga oshirilgan qurilish ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi