12:00 / 01.08.2021
3 049

«Zomin» sanatoriysi yaqinidagi o‘rmon yonib ketdi


Foto: FVV matbuot xizmati
Bugun Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin tumanidagi «Duoba» QFY O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Hozirda yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan. Dastlabki bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib bordi va yong‘inni o‘rab olish ishlari boshlandi. Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan. 

Gidrmeteorologik tahlillar beriladigan UzbMeteo kanalining yozishicha, «havoning isishi va qurg‘oqchil havo tufayli, yong‘in hosil bo‘lish indeksi mavjud. Bu indeksga ko‘ra, Zomin tog‘larida ayni dam tabiiy omil tufayli o‘rmon yong‘inlari hosil bo‘lishi uchun xavf mavjud emas. Lekin uzoq muddat qurg‘oqchil va yog‘insiz kunlar sabab, qalin ignabargli daraxtlar orasida yuzaga kelgan yong‘in tez tarqalishiga ayni moyil davrdir».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Zomin» sanatoriysi yaqinidagi o‘rmon yonib ketdi