15:55 / 09.08.2021
1 914

MIB: Sobiq xodimning 20 million so‘m ish haqi undirib berildi


Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 07.06.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor “MNU-2” MCHJdan undiruvchi R.Bekmuradov foydasiga 20.000.000 so‘m ish xaqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor MCHJdan undiruvchi fuqaro R.Bekmuradov foydasiga jami 20.000.000 so‘m ish xaqlari to‘liq undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Sobiq xodimning 20 million so‘m ish haqi undirib berildi