16:05 / 16.09.2021
1 862

Toshkentda eronlik er-xotin pul o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi

Toshkentda eronlik er-xotin pul o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi
12 sentabr kuni Payariq tumani IIBga 1981 yilda tug‘ilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 sentabr kuni soat 17:00 larda savdo do‘koniga tashqi ko‘rinishidan chet davlat fuqarosiga uxshaydigan bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSH dollari pullarini ikkita 50 AQSH dollari kupyuralariga almashtirib berishini so‘raganligini, B.Sh. do‘konidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, o‘sha erkak kishi seyfidagi 5100 AQSH dollarini o‘g‘irlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketganligini, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Xavfsiz turizmni ta’minlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Eron fuqarolari — 1958 yilda tug‘ilgan R.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1980 yilda tug‘ilgan S.D.lar sodir etilganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda eronlik er-xotin pul o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi