O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi

1 daqiqa o'qish2.2K
O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi
O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o‘rinbosari, qurolli kuchlar vaziri Jeyms Hippi Surxondaryoga borgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 21 sentabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi mudofaa vazirining parlamentar o‘rinbosari, qurolli kuchlar vaziri Jeyms Hippi qirollikning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlou va boshqa rasmiylar hamrohligida bugun, 22 sentabr kuni Surxondaryo viloyatiga borgan.
O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi
Delegatsiya a’zolarini kutib olgan viloyat hokimi To‘ra Bobolov vazir bilan Surxondaryoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, o‘zbek-britan qo‘shma korxonalarining faoliyati va sarmoya kiritish imkoniyatlari haqida suhbatlashgan.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan bog‘lab turuvchi Termiz – Hayraton ko‘prigida ham bo‘lishgan va ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro hududlararo hamkorlik aloqalari va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishgan.
O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi
Bundan tashqari, mehmonlar «Ayritom» chegara-bojxona postida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan ham tanishgan. Ularga chegara hududda yangitdan barpo etilayotgan Termiz xalqaro savdo markazi va unda chet ellik ishbilarmonlar uchun yaratiladigan qulayliklar haqida ma’lumotlar berilgan.
O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi
Ma’lumot uchun, hozirda Surxondaryoda Britaniya sarmoyasi ishtirokida 8 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2018-2020 yillarda viloyatga jalb etilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 106,2 million dollari yoki 22,6 foizi bevosita britaniyalik sarmoyadorlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2021-2023 yillarda viloyatda Buyuk Britaniya biznes vakillari ishtirokida 248,5 million dollarga teng yana 7 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi
Eslatib o‘tamiz, Jeyms Hippi kecha 21 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Tashki ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan va ikki tomonlama hamkorlik hamda kun tartibidagi boshqa masalalarni muhokama qilgan.
O‘zbekistonga kelgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Surxondaryoga tashrif buyurdi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?