O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 9 oyda 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lumot berilmoqda.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga (4,3 mlrd dollar) nisbatan 34,2 foizga, 2019 yilning mos davriga (4,5 mlrd dollar) nisbatan esa 29 foizga o‘sgan.
2021 yilning dastlabki 9 oyida eksport hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga o‘sgan. Iqtisodiy faollikning jadallashishi va asosiy iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishi sharoitida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sib, pandemiyadan oldingi darajaga yetgan.
Shuningdek, asosiy savdo-hamkor davlatlar (Turkiyani hisobga olmaganda) milliy valyutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin o‘zgarishlar kuzatilmagani, real samarali almashuv kursi bo‘yicha tafovutni yuzaga keltirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi