20:45 / 16.02.2022
1 869

Ruhshona sobiq eri farzandlarini majburlab olib ketishga urinayotganini aytdi

Ruhshona sobiq eri farzandlarini majburlab olib ketishga urinayotganini aytdi
Xonanda Ruhshona Instagram’dagi sahifasiga sobiq turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimovning farzandlarini majburlab olib ketishga urinayotgani aks etgan videoni joylab, kuzatuvchilariga so‘nggi kunlarda boshidan o‘tayotgan mojarolar haqida so‘zlab berdi.

Videoda bolalarni otasi ko‘tarib olib mashinaga o‘tqizmoqchi bo‘layotgani, bolalar esa bormasligini aytib yig‘layotgani aks etgan. «Shunday vaziyatda siz nima qilasiz? Bola otasi bilan ketishga qo‘rqadi, chunki o‘g‘lim otasi urganini ko‘rgan», — deb yozadi xonanda.

«Bu videolarni qo‘yish niyatim yo‘q edi. Lekin bilasizmi, farzandingiz bormayman, yo‘q, siz bilan boraman, deb turganida u uchun hamma narsaga tayyor bo‘larkansiz. Hozir suddan chiqdim. Suddan vaqtni qisqartirib berishni so‘ragandim. Mayli, ko‘rishsin, otasi bilan ko‘rishishga qarshiligim yo‘q, lekin ikki haftada bir marta ko‘rishishi kerak. Shanba kuni olib ketib, yakshanba kuni olib kelishi kerak. Lekin bolalar u bilan ketmayapti. Men ikki haftada ko‘rishsin, lekin ikki soatga, bolalar o‘rganishi kerak, dedim. Lekin bu inson shu yerda ham farzandlarining ruhiy holatini emas, yutib ketishni o‘ylayapti. Nechta odamni, nechta ayolni qon yig‘latdi bu inson, qachon to‘xtaysiz? Bo‘ldi, iltimos qilaman, katta odammiz kelishib olsak bo‘lardi. Bu inson yaxshilik yo‘lini tanlamadi, yomonlik yo‘lidan ketdi. Sizni ham, atrofdagilaringizni ham Xudoga soldim», — deydi Ruhshona.

Xonanda Ruhshona 2021 yilning oktabr oyida turmush o‘rtog‘i, rejissyor Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini ma’lum qildi. Sanjar Matkarimov Ruhshona bilan ajrashishiga uning qing‘irliklaridan xabar topganini sabab qilib ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruhshona sobiq eri farzandlarini majburlab olib ketishga urinayotganini aytdi