14:10 / 13.05.2022
3 878

Chilonzordagi devorga chizilgan Chusovitina graffitisiga yubka «kiydirildi»

Chilonzordagi devorga chizilgan Chusovitina graffitisiga yubka «kiydirildi»
Foto: Kollaj
Inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon tomonidan chizilgan Oksana Chusovitina graffitisiga o‘zgartirish kiritildi.

Inkuzart 2021 yilning avgustida Chilonzor tumani 2-dahasi 103-maktab, Eynshteyn tasviri chizilgan devorning tepa qismida Olimpiada o‘yinlarining sakkiz karra ishtirokchisi, Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan Oksana Chusovitinaning O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib turgan holatini chizgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu graffitiga o‘zgartirish kiritilgani tasvirlangan suratlar tarqaldi. Suratlardan ko‘rish mumkinki, gimastikachining orqa fonidagi bayroq o‘zgartirilib, uning ust kiyimi uzaytirib qo‘yilgan. Muallifning o‘zi ham holatga munosabat bildirgan. «Aftidan, faqat O‘zbekistonda muallif kartinasi boshqa rassom tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Ma’naviyat...», — deb yozadi u.

Foto: Telegram
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning sentabr boshida @inkuzart O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliyaga bag‘ishlangan strit-art chizgandi. Unda mashina uchun uzun navbat va navbat boshida qizil shapkali inson tasvirlangandi. Keyinroq ushbu tasvir to‘liq o‘chirib tashlangan, poytaxt hokimligi va «O‘zavtosanoat» bu ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Noyabrda esa ko‘cha rassomining Toshkentda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib tashlangandi. 2022 yilning 18 fevral kuni esa Inkuzart’ga tegishli turli formulalar bilan devorga chizilgan Albert Eynshteynning portreti bo‘yab tashlangan. Chilonzor tuman hokimligi strit-artining o‘chirilishiga tuman hokimining buyrug‘i emas, mahalla faollari sababchi bo‘lganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Chilonzordagi devorga chizilgan Chusovitina graffitisiga yubka «kiydirildi»