2 691
Zebo Navro‘zova Shohruxxon qachon «yulduzlik» kasaliga chalingani va uyida non bo‘lmagan paytda farzandlarini qanday jazolagani haqida
Aktrisa, prodyuser, rejissyor Zebo Navro‘zova «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar ko‘rsatuviga bergan intervyusida «Malikam» serialining suratga olish jarayonida o‘g‘li Muhammadali bilan ishlashda qiynalgani, Shohruxxon «Bo‘rilar» filmidan so‘ng «yulduzlik» kasaliga chalingani, uyida yeyishga noni bo‘lmagan paytlar farzandlarini qanday jazolagani haqida gapirdi.
Rejissyor «Malikam» serialining suratga olish jarayonida o‘g‘li Muhammadali bilan ishlashda qiynalgani va kelishmay qolgani haqida
«Masalan, ‘Malikam’ serialining suratga olish jarayonlarida Muhammadali bilan ishlashda juda qiynalganman. U o‘z fikriga ega, men esa o‘zim yozgan ssenariy bo‘yicha undan 0braz talab qilaman. Men rejissyor sifatida o‘sha obrazni qanday tasavvur qilganimni gavdalantirishni istasam, u esa suratga olish maydonchasiga kelib barchasini o‘zgartirishga harakat qiladi.
Kichkina to‘polonlar boshlanadi, o‘zaro. Mana bir-birimizga to‘g‘ri kelmagan ijodiy urushlar va daqiqalar, bu yaxshi ma’noda. Suratga olish maydonchasida u mening o‘g‘lim emas, aktyor. U o‘z joyini bilib, berilgan vazifani ado qilishi kerak», — deydi aktrisa.
Foto: «Malikam» serialining suratga olish jarayonidan
Aktrisa Shohruxxon «Bo‘rilar» filmidan so‘ng «yulduzlik» kasaliga chalingani haqida
«‘Bo‘rilar’ filmida suratga tushgan yigitlarni ko‘chada ko‘rib qolishsa, ‘Ana, ‘Bo‘rilar’ kelyapti’, — deyishardi. To‘y-marosimlarga xizmatga borganda yoki yo‘llarda ham ko‘rib qolishsa, shunaqa deb aytishardi. Hattoki qaysidir filmning suratga olish jarayonlari uchun tog‘ga, cho‘ponlarning oldiga borganimizda, kichkina, otasiga yoki bobosiga tayoqni ko‘tarib yordam berib yurgan 5, 6 yosh bolakaylar nonini beliga tugib olgan holda ba’zi bir aktyorlarni ko‘rib ‘Ana, ‘Bo‘rilar’, — deb ketishdi birdan.
Keyin bittasi men Baxtishkaman, men Sardorman dedi, biroz tomosha qildik, juda xursand bo‘ldim. Mashhurlik aktyorlarni o‘zidan ketkazib qo‘ydi. Bekzod Tojiyev, Shohruxxon, Jalil Mavlonovni juda xursand bo‘lib eslayman. Erik, Shohruxxon, ayniqsa Bekzod Tojiyev mukkasidan ketib ‘yulduzlik’ kasaliga chalindi», — deydi prodyuser.
Foto: «Bo‘rilar» filmidan kadr
Zebo Navro‘zova uyida yeyishga noni bo‘lmagan paytlar va farzandlarini yolg‘ondan jazolagani to‘g‘risida
«Tan olish kerak, bu uyalib yoki maqtanib gapiriladigan gap emas. Ishdan shoshib kelaman, muzlatkichni ochsam hech narsa yo‘q, farzandlarim kichkina, o‘smir. Katta farzandim o‘smir bo‘lsa kichkinasi hali juda yosh. Shunday paytlar bo‘lgan. Bitta nonga pul topa olmasdan qotib qolgan nonlarni ‘suxarik’ qilganman.
Farzandlarimga sen pianinoni chalib bermading, shuning uchun ovqat qilmadim, sen gammani uch soat chalishing kerak edi, bir soat chalding, sen meni aldading, gammani uch soat chalasan, keyin ovqat yeysan, yoki sen men bergan she’rni yodlamabsan, demak uchalang ham aytgan ishimni qilmabsizlar, mana sizlarga jazo, ovqat yo‘q deganman, aslida o‘sha payt ichimdan yig‘laganman», — deydi rejissyor.
Foto: «Yandeks.ru» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?