23:33 / 28.08.2022
4 388

Dilfuza Ismoilova arabistonlik shayxning sevgisini rad etgani hamda o‘g‘illarining bizneslari haqida gapirdi

Dilfuza Ismoilova arabistonlik shayxning sevgisini rad etgani hamda o‘g‘illarining bizneslari haqida gapirdi
Xonanda, aktrisa Dilfuza Ismoilova «Shok.uz» YouTube kanaliga bergan intervyusida lo‘lilarni yaxshi ko‘rishi, ular to‘yda aytilgan narxdan o‘n baravar ko‘p berishi, o‘g‘illarining qanday biznes bilan shug‘ullanishi, arabistonlik shayxdan sovchi kelgani, u bir nechta jamadonda tilla va kiyimlarni sovg‘a qilib yuborgani, xonanda esa uni insonlarga tarqatib yuborgani, nima sababdan aktrisalik qilmayotgani, dugonasi unga mashina sovg‘a qilyapman deb hazillashgani, 27 yoshidan mashina haydagani, mashinafurush bo‘lgani, «Ippodrom»da narsa tarqatgani haqida gapirdi.

Xonanda intervyu avvalida Farg‘onadagi to‘yda oyog‘ini sindirib olgani haqida ham so‘zlab berdi.

Dilfuza Ismoilova lo‘lilarni yaxshi ko‘rishi, ular to‘yda aytilgan narxdan o‘n baravar ko‘p berishi haqida

«Lo‘lilarning buyurtmasi bilan to‘ylariga boraman. Men ularni rosa hurmat qilaman, ularni yaxshi ko‘raman, mehmondo‘st bo‘lishadi. Buyurtma qilishadi, ular mard. Qancha berishini aytmayman, lekin o‘zimizning insonlardan o‘n baravar ko‘p to‘lashadi. Juda ham mard bo‘lishadi, ular meni yaxshi ko‘rishadi, men ham ularni yaxshi ko‘raman», — deydi xonanda.

Katta o‘g‘li hovli qurib sotishi, kichkina o‘g‘lining suv zavodi borligi to‘g‘risida

«Katta o‘g‘lim hovli qurib sotadi. Kichkina o‘g‘lim Sarvarning suv zavodi bor. Qo‘li qo‘liga tegmay ishlaydi, suv beshta filtrdan o‘tadi. Suv ham yerning tagidan olinadi, halol qilib ishlab chiqariladi. Mening ham besh xil suv zavodim bor», — deydi aktrisa.

Foto: «Yandeks.ru»
Dilfuza Ismoilovaga arabistonlik shayxdan sovchi kelgani, u bir nechta jamadonda tilla va kiyimlarni sovg‘a qilib yuborgani, xonanda esa uni insonlarga tarqatib yuborgani haqida

«Haqiqatan sovchi kelgan, uylanmagan, hozir Arabistonda. Umra safariga borishimdan oldin ularning elchixonasida suhbatlashib o‘tirganmiz, shunda yoqtirib qolgan. Haqiqatan sovchilar qo‘yib, olaman deb jamadon-jamadon sovg‘a jo‘natgan. Hammasini tarqatib yuborganman, zo‘r narsalar edi, kerak emas, tegmayman deganman, ularni tilini, ingliz tilini bilmayman, yonidagi tarjimonlari bilan gaplashganman, rus tilida gapirsa, tushunib javob qaytarganman. Sovg‘alarini tarqatib yuborib savob olganman, lekin bitta narsasini ham taqmaganman ham, kiymaganman ham. Shunaqa odatim bor, endi uyat bo‘lsa kerak, uchta bolali, yettita nevarali bo‘lib turmush o‘rtoq chiqibdi deb tegib ketmayman-ku. Bu masalada o‘zimni hurmat qilaman», — deydi aktrisa.

Dilfuza Ismoilova nima sababdan filmlarda rol ijro etmayapti?

«Zo‘r aktrisaligimni bilaman, mendek aktrisa yo‘qligini ham bilaman. Men tekinga rol o‘ynaydigan aktrisa emasman. Katta pul so‘rayman, uni berishmaydi, aksincha, ular sizdan pul so‘rashadi. Shuning uchun o‘zimni xor qilgim kelmaydi, chunki shu yo‘nalishda o‘qib ishlaganman. Mening ham farzandlarim, tirikchiligim bor. Ko‘p takliflar bo‘ladi, yaqinda ham bir taklif tushgan edi, narxini aytgandim, bo‘ldi, javobini ertaga aytaman’ deb yo‘qolib qolishadi. Hech qachon tekinga rol o‘ynamayman», — deydi Dilfuza Ismoilova.

Foto: «Yandeks.ru»
Xonandaning dugonasi unga mashina sovg‘a qilyapman deb hazillashgani va farzandlari Equinox sovg‘a qilgani, mashinafurush bo‘lgani, «Ippodrom»da narsa tarqatgani haqida

«Dugonam hazillashibdi, borgandim, hazil qilgandik deb aytdi. Zo‘r odatim bor, nomeri yo‘q edi, changlarini surtib, shunaqa qilib hazillashib o‘tirganimizning videosini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ydim. U mashina sovg‘a bo‘lmagan. Ko‘p marotaba mashina sovg‘a qilishgan, yaqinda farzandlarim Equinox mashinasini olib berishdi. Men yigirma yetti yoki yigirma sakkiz yoshimdan mashina haydaganman, mashina olib sotib biznes qilganman.

Mashina bozoriga yigirmatalab mashina olib borib sotganman. Qilmagan ishim qolmagan, «Ippodrom»da koja kiyimlarni sotganman. O‘zim sotmas edim, tarqatar edim. Soat, ro‘mollar, ko‘p narsalar edi, o‘zim turib sotmaganman. Mashina olib sotganimni hamma biladi
», — deydi xonanda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilfuza Ismoilova arabistonlik shayxning sevgisini rad etgani hamda o‘g‘illarining bizneslari haqida gapirdi