Dilfuza Ismoilovaga noodatiy gul yuborgan inson kim? (video)

Dilfuza Ismoilovaga noodatiy gul kompozitsiyasini qizi Sevara yuborgan. Katta hajmdagi sariq emoji ko'rinishidagi kompozitsiyada ko'zlar yurak shaklida tasvirlangan. Xonanda sovg'adan quvonib, qizi Sevarani duo qilgan. Video muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, ona-qiz o'rtasidagi mehr e'tirof etilgan.
Xonanda Dilfuza Ismoilova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qizidan olgan kutilmagan sovg‘ani namoyish etgan videosini e’lon qildi. Qisqa fursatda keng tarqalgan ushbu video muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Videoda san’atkorga noodatiy ko‘rinishdagi gul kompozitsiyasi yuborilgani aks etgan. Sovg‘a katta hajmdagi, sariq rangli, ko‘zlari yurak shaklida tasvirlangan emoji ko‘rinishida tayyorlangani bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Dilfuza Ismoilova videoga "Qizimdan juma hadiyasi" deya izoh qoldirgan. Kadrlarda xonandaning bunday kutilmagan sovg‘adan samimiy quvonib, qizi Sevarani duo qilgani aks etadi.
Video izohlarda ham iliq kutib olindi. Muxlislar ona va qiz o‘rtasidagi mehr-muhabbatni e’tirof etib, ushbu yoqimli lahzaga ko‘plab ijobiy fikr va ezgu tilaklar qoldirishmoqda.






























Izohlar 0
…