11:11 / 30.12.2023
264

Bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q Gollivud yulduzlari (foto)

Bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q Gollivud yulduzlari (foto)
Bir-biriga chiday olmaydigan va do‘stlashishi dargumon bo‘lgan jahon yulduzlari bilan tanishing.
 
Daniella Bregoli va Kayli Jenner
Daniella — Kayli Jennerga chiday olmaydigan yosh amerikalik reper. “Men bu megajinni yoqtirmayman. U shunchalik e’tiborga muhtojki, bu uchun hamma narsa qiladi. Qanday qilib ingichka lab va qisqich shaklidagi tanani qumsoatga aylantirish mumkin?” To‘g‘ri, Kayli va Daniella bir-birlarini tanimaydi, balki reper Jenner bilan uchrashgandan keyin fikrini o‘zgartirar?
 
Viktoriya Bekhem va Naomi Kempbell
Hozirda Viki va Naomi kelishmovchiliklarni hal qilib olishgan, lekin avvallari ular bir-biriga chiday olmasdi. Hammasi Naomi nima uchun Bekhem betakror (Posh) laqabini olganini tushunmasligini aytganidan keyin boshlangan. Vikki bunga javoban Kempbellni Victoria's Secret's teleko‘rsatuvida “semiz sigir” deb ataydi. Ular 8 yildan keyingina yarashishadi, ammo ular qanday qilib kelishib olishganini hech kim bilmaydi. Buning isboti sifatida yulduzlar “Metropoliten” muzeyidagi ko‘rgazma ochilishi munosabati bilan tashkil qilingan balga birga kelishadi.
 
Elton Jon vs Madonna
Elton Avstraliya telekanallaridan biriga bergan intervyusida Madonna ijodini keskin tanqid qiladi. U nafaqat xonandaning fonogramma orqali ijro etishini, balki uning konsert chiptalari asossiz ravishda qimmatligini ham ta’kidlaydi: “Qachondan beri fonogramma jo‘rligidagi qo‘shiqlar jonli ijro deb atala boshlandi? Bunday konsert uchun katta pul to‘lash esa ahmoqlik”. Ammo bir yil o‘tgach, u Madonnadan kechirim so‘raydi. Biroq insayderlarga ko‘ra, u xonanda haqidagi fikrini o‘zgartirmagan.
 
Merayya Keri vs Jennifer Lopes
Merayya 1993 yilda musiqiy prodyuser Toni Motollaga turmushga chiqadi va hayoti jahannamga aylanadi. Eri uni nazorat qilar, kim bilan muloqot qilishini kuzatar, uydan chiqishiga ruxsat bermasdi va hatto telefon suhbatlarini tinglaydi. Keri uzoq vaqt ajralishga jur’at etolmaydi — chunki Motolla shou-biznesdagi muhim shaxs edi va bir ishora bilan Merayyaning karerasini yo‘q qilishi mumkin edi. Va nihoyat 1997 yilda xonanda Toni bilan ajrashadi. Natijada prodyuserga yangi yulduz kerak bo‘ladi va bu yosh, hali tanilmagan Jennifer Lopesning chekiga tushadi. Shu bilan hammasi yaxshilik bilan tugashi mumkin edi, lekin Toni sobiq xotinini ta’qib qilaveradi.
 
Merayya o‘zi bosh rolni o‘ynagan “Yorqin” filmi uchun saundtrek ustida ishlaydi. Keri asosiy qo‘shiq uchun Firesracker trekidagi sempldan foydalanmoqchi bo‘ladi. Motolla bundan xabar topib, semplni Lopesning I'm Real qo‘shig‘ida ishlatadi.
O‘shandan beri Merayya Lopesni ko‘rarga ko‘zi yo‘q va doimo: “Men uni tanimayman”, deydi.
 
Chelsi Handler va Anjelina Joli
Chelsi — Jennifer Enistonning eng yaqin dugonalaridan biri. Yumshoq qilib aytganda, Anjelina Jolini yoqtirmasligi ajablanarli emas. Chelsi aktrisani Bred Pittni Jendan uzoqlashtirganini kechira olmaydi.
Xendler 2011 yilda Nyu-Jersidagi stendapda shunday deydi: “U butun dunyo bolalarini qutqara oladi, lekin men unga zig‘irchayam ishonmayman. Intervyularida u bittayam dugonasi yo‘qligini aytadi, chunki u juda xudbin”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q Gollivud yulduzlari (foto)