11:10 / 21.03.2024
117

Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film

Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film
Mazkur kartinalarda ayollarning qanchalik kuchli iroda sohibasi, yengilmas qat’iyat egasi ekanligi ochib berilgan.

“Qattiqqo‘l xonim”

Andrea Saks (Enn Xeteuey) juda iste’dodli jurnalist bo‘lib, u moda jurnali muharriri Miranda Pristlining (Meril Strip) yordamchisi sifatida ishga kiradi. Mashaqqatli sinovlar va boshqalarning yomon munosabatiga qaramay, bosh qahramon bularning barchasini yengib o‘tadi. Ushbu film oldiga qo‘ygan maqsadlar yo‘lida sabr-toqat qilish, qat’iyatning yorqin namoyishidir.

“Zakovat egalari”

Ushbu film bejizga “Oskar”ga nomzod bo‘lmagan. Film voqealari 1960 yillarda bo‘lib o‘tadi, voqealar sodir bo‘ladigan joy esa NASA shtab-kvartirasi. Film oyga qadam qo‘yish missiyasida muhim rol o‘ynagan uch afroamerikalik ayol haqida hikoya qiladi. Bu ayollar nafaqat o‘z ishlarining bir qismi bo‘lgan murakkab vazifalarni, balki irqchilikka doir muammolarni ham yengib o‘tishi kerak.

“Moana”

Ishbilarmon va irodali polineziyalik qiz ota-onasi u uchun tayyorlagan yo‘ldan ko‘r-ko‘rona bormoqchi emas. U oilasi va qabilasining xohishlarini jasorat bilan rad etishga qaror qiladi va xalqini qutqarish uchun yo‘lga chiqadi. Yo‘l davomida Moana ajdodlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi.

“Gravitatsiya”

Ushbu film 7 ta “Oskar” haykalchasiga sazovor bo‘lgan. Sandra Bullok o‘zining birinchi kosmik missiyasiga faxriy astronavt Mett Kovalski (Jorj Kluni) bilan boradigan doktor Rayan Stoun rolini o‘ynaydi. Ammo ish paytida falokat yuz beradi. Bosh qahramonlar butunlay yolg‘iz qolishadi, najotga esa umid yo‘q.

“Sufrajist ayol”

Mazkur film, nomidan ko‘rinib turibdiki, XIX asr oxirida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan sufrajistlar harakatiga bag‘ishlangan. Bu drama, birinchi navbatda, ajoyib aktyorlar tarkibi tufayli ham ko‘rishga arziydi — bosh rolni Keri Malligan ijro etgan, uning hamkasblari iste’dodli Xelena Bonem Karter va Meril Strip edi.

“Koko Shanel”

Syujet Gabriell Boner (dizaynerning haqiqiy ismi) hali mashhur dizaynerga aylanmagan, erkaklar kostyumi va kichkina qora ko‘ylak kiyib yurgan paytlarni qamrab oladi. Odri Tatu o‘ynagan Koko Shanel o‘ziga ishongan, iste’dodli va juda kuchli qiz bo‘lib chiqadi.

“Shamol vodiysidan kelgan Navsikaya”

Umuman olganda, Xayao Miyazakining deyarli har qanday asari ayollar uchun qasidadir. “Shamol vodiysidan kelgan Navsikaya” ko‘proq shu mavzuga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, film bosh qahramoni stereotipik tarzda ayollik fazilatlariga ega — u mehribon, g‘amxo‘r va atrofidagilarni sevadi. Ammo shu bilan birga, u dunyoni qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qilishga jur’at eta oladi.

“Erin Brokovich”

Juliya Roberts ushbu filmdagi bosh roli uchun “Oskar” olgandi. Ekranda u ko‘p bolali yolg‘iz onani gavdalantiradi. Aksariyat erkaklar uning kiyinishi va yetarlicha ta’lim olmagani sababli uni yengil qabul qilishadi. Biroq uning tug‘ma aql-zakovati, go‘zalligi, qat’iyati va o‘ziga ishonchi qahramonga nafaqat hayotini tubdan o‘zgartirishga, balki hech bir erkak jur’at eta olmaydigan ulkan korporatsiyaga qarshi chiqishga imkon beradi.

“Yovvoyi”

Sheril Strayd (Riz Uizerspun) juda og‘ir vaziyatga tushadi — bir tomondan u onasining o‘limidan qayg‘urayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan nikohining to‘satdan buzilishi tufayli ahvoli yomonlashmoqda. Ayol piyoda safarga chiqishga qaror qiladi, bu uning hayotini o‘zgartirishi va unga yangi kuch berishi kerak. Sheril Qo‘shma Shtatlardagi eng uzun va eng qiyin yo‘llardan birini bosib o‘tadi va ruhiy azob-uqubatlardan asta-sekin tiklanib, qiyinchiliklarga dosh berishga harakat qiladi. Ammo bu jarayonni og‘riqsiz deb bo‘lmasdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film