Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)

2 daqiqa o'qish767
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Kivanch Tatlitug‘ va rafiqasi Bashak Dizer Dubayga sayohatga yo‘l oldi. Aktrisa Bashak o‘g‘li bilan ta’tilda tushgan suratlar bilan o‘zining Instagram sahifasida bo‘lishdi.

Kuni kecha aktyor Kivanch Tatlitug‘ mototsikllarga bo‘lgan ishtiyoqidan voz kechgani sababi ma’lum bo‘ldi. Endilikda u oilasi va farzandi uchun ko‘proq vaqt ajratishga harakat qilmoqchi.
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Foto: Dzen
Bunga Kivanchning onasi sababchi bo‘ldi. Nurten Tatlitug‘ o‘g‘liga mototsikl haydashni to‘xtatishni, kelini va nabirasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni maslahat bergan:

“O‘g‘lim, endi sen farzandli bo‘lding. U hayotingdagi eng muhim shaxsdir. Iltimos, mototsiklga bo‘lgan muhabbatingdan voz kech, sen mudhish avariyani boshingdan o‘tkazding. Bunday voqea qayta takrorlanmasligiga hech kim kafolat bermaydi”.

2013 yilda aktyor mototsiklda ketayotib, boshqa bir haydovchi bilan to‘qnashib ketgan va uzoq vaqt shifoxonada og‘ir ahvolda yotgan.

Ozan Guven va Yusra Geyik
“Tosh, qaychi, qog‘oz” seriali efirga uzatila boshlangandan so‘ng filmda suratga tushgan aktrisa Yusra Geyik va aktyor Ozan Guvenning loyihadan tashqari munosabatlari haqida turli mish-mishlar tarqala boshladi. Yulduzlarni oyoq kiyim do‘konida xaridlar qilayotgan vaqtda ko‘rib qolishgan.
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Foto: Dzen
Yusra bu xabarni rad etdi: “Ozan bilan hech qachon yaqin munosabatda bo‘lmaganmiz. Shuning uchun bu mavzu meni xafa qilmaydi va aktyor haqida beparvo so‘zlayveraman. Biz shunchaki bir loyiha ustida ish olib bormoqdamiz, xolos”, — dedi aktrisa.
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Foto: Turk HD
“Tosh, qaychi, qog‘oz”da Ozan Guven Umut obrazini ijro etgan. Serialda Umut fenomenal xotiraga ega muvaffaqiyatli advokatdir. Unda kam uchraydigan sindrom —gipertimiziya (hech narsani unutmaslik) bor. Qahramon bu qobiliyatidan ezgu maqsadlarda foydalanmoqchi bo‘ladi.

Melisa Asli Pamuk
Turk aktrisasi va model Melisa Asli Pamuk va fransuz futbol jamoasi o‘yinchisi Yusuf Yazjichi iliq munosabatlar o‘rnatganiga bir yildan oshdi. Ular ikki davlatda — ba’zan Turkiya va ba’zan Fransiyada yashar edi. O‘tgan yilning sentyabr oyida Yusuf Melisaga Komo ko‘li bo‘yida turmush qurishni taklif qildi. Melisa esa bu taklifga sevgilisi Turkiyaga ko‘chib kelishi sharti bilan rozi bo‘ldi.
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Foto: Dzen
Hande Erchel
Latofatli aktrisa Hande Erchel ijtimoiy tarmoqlarda ot mingan suratlari bilan bo‘lishdi.
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Foto: Dzen
Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto)
Foto: Instagram
Aktrisa jurnalistlarning turmush qurish haqidagi savollariga quyidagicha javob berdi: “Agar turmush qurishga qaror qilsam, bu haqda, albatta, xabar beraman.”
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?